Jamiyat | 15:01 / 04.01.2016
4734
1 daqiqa o‘qiladi

Financial Times Qirg‘izistonni 2016 yildagi sayohatlar xaritasiga kiritdi

Britaniyaning The Financial Times nashri Qirg‘izistonni 2016 yillarda sayohat qilish tavsiya etiladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda gazetaning saytida xabar qilindi.

Aytilishicha, 2016 yilda turistlar va sayohat ishqibozlariga 7ta davlatga borish tavsiya etilgan: Qirg‘iziston, Shri-Lanka, Peru, Grenlandiya, Braziliya, Kuba va JAR.
Ro‘yxat turoperatorlarning fikriga asoslanadi.