Jamiyat | 13:47 / 04.01.2016
3339
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda kollej direktori maoshlar bilan qalloblik uchun jarimaga tortildi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Tekeli shahrida mahalliy kollej direktori maoshlar bilan qalloblik uchun 3 mln tanga jarimaga tortildi. Viloyat sudi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, direktorlik lavozimida bo‘lgan ayol ikki kishini rasman ishga qabul qilgan, bu shaxslar maosh olgan, ammo xizmat vazifalarini bajarmagan.

Tekeli kasb-hunar kolleji direktrisasi Qo‘qumboyeva bunday ishga qabul shaxslardan biri uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
“Qo‘qumboyevaning talabiga ko‘ra tilga olingan ishchilarga nisbatan ish vaqtini hisobga olish tabel to‘ldirib va imzolab borilgan”, - deyiladi sud xabarnomasida.
Qo‘qumboyevaning bu harakatlari tufayli kollejga 365 594 tanga zarar keltirilgan.