Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Uz Koram Ko” MChJ 20 yoshga to‘ldi
O‘zbekistondagi birinchi avtomobil 1996 yilning 19 iyul kuni konveyerdan chiqdi. Bu sanadan 2 oy muqaddam esa Andijonda “Uz Koram Ko” MChJ yuzaga keldi. Aynan shu korxonada mahalliy avtoprom uchun bamperlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
“Uz Koram Ko” avtomobillar uchun yirik gabaritli plastmassali detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan Markaziy Osiyodagi birinchi korxona bo‘ldi. Ikki termoplastavtomatda Nexia, Tico va Damas rusumli avtomobillar uchun bamperlar, shuningdek, instrumental panellar ishlab chiqarish boshlandi.
Rivojlanishning ikkinchi bosqichida, 2001 yil kuzida korxona bo‘yash vositalari yetkazishni yo‘lga qo‘ydi, uning ishlab chiqarish salohiyati yiliga 70 ming avtokomplektni tashkil etdi. Keyinchalik korxona Matiz uchun ham bamperlar va instrumental panellar ishlab chiqara boshladi.
“Plastmassali bamper yengil va yuqori tejamkordir, — dedi korxona texnik departamenti direktori Bahromjon Sultonov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyusida. — Ish jarayonida unga bo‘lgan salbiy ta'sirni maksimal darajada tushirishga urinamiz.
Bu ishlab chiqarishga eng yangi ekologik xavfsiz texnologiyalarning joriy etilishi, tabiatni muhofaza qilish obektlarining qurilishi, shuningdek, ekspluatatsiyadan chiqarilgan quvvatlarni yo‘q qilish hisobiga ta'minlanadi”.