Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik olimlar fermerlarga agroo‘rmonchilik texnologiyalaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Respublika dekorativ bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimlari, Global ekologik jamg‘arma kichik grantlar dasturi, O‘zbekiston fermerlar kengashi hamda tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi vakillari Farg‘ona vodiysi dehqonlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. “Pravda Vostoka” gazetasida yozilishicha, Toshkentda faoliyat yuritib kelayotgan olimlar va o‘rmonshunoslar mahalliy ziroatkorlarga agroo‘monchilik qishloq xo‘jaligi texnologiyalari haqida ma'lumot berishdi.
“Cho‘l zonasidagi sug‘oriladigan ekin yerlari mohiyatan sun'iy yaratilgan ekotizim bo‘lib, u o‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlab turish salohiyatiga ega emas va shu boisdan ekologik asoslangan boshqaruv yechimlariga muhtojdir, - dedi ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimi Yevgeniy Botman. – Mana shunday samarador uslublardan biri dalalarni himoya qiluvchi o‘rmonlarni yaratish, ya'ni agrar landshaftni o‘rmon-agrarga aylantirishdir. Daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini bir maydonda o‘stirish agroo‘rmonchilik deb atalib, u xo‘jalik yuritishning barqaror tizimini beradi. Bu yo‘nalish o‘z ichiga bir qator zamonaviy texnologiya va amaliyotlarni oladi”.
Ta'kidlanishicha, agrar landshaftning o‘rmon-agrar landshaftga almashtirilishi tuproqlar hosildorligini oshirish va barqarorlashtirishga ko‘mak beradi.