Jamiyat | 18:17 / 07.01.2016
42198
3 daqiqa o‘qiladi

30 ta diqqatga sazovor tarixiy fotosurat

Fotosuratlar bugungi kunda muhim tarixiy hujjatlarga aylanib ulgurdi. Fotografiya texnikasi kashf qilinishi bilan nafaqat biror narsa haqida yozish, balki uning ko‘rinishini, qiyofasini qayd etish va uzoq muddatga tasvirni saqlab qolish imkoniyati tug‘ildi. Shu bois muhim tarixiy sanalardan darak beruvchi fotosuratlar yozma va videohujjatlardan kam qiymatga ega emas.
O‘quvchilarimizga ilgari ham diqqatga sazovor fotosuratlarni taqdim etgandik. Quyida navbatdagi fotojamlanma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘rmonchilar ming yillik daraxtni kesib tashlashdi, Kaliforniya.

Britaniya futbol jamoasi gazniqoblarda, 1916 yil.

Vladimir Putin, 1970 yil.

Bill Klinton 4 yoshida, 1950 yil.

Ernest Xeminguey vannada.

132 yoshli miltiq AQShdagi Katta havza cho‘lidan 2014 yilda topilgan. Kimdir uni daraxtga suyab qo‘ygan, u shu tarzda bir asrdan oshiq turgan.

Maxatma Gandi o‘limidan bir necha lahza oldin, 1948 yil.

Nemis submarinasi Angliya Susseksida qirg‘oqqa chiqib qoldi. U Fransiyada bog‘lab qo‘yilgandi, lekin uni ushlab turgan po‘lat tros uzilib ketdi.

Gitlerning oxirgi makoni bo‘lgan bunker.

Marsda Quyosh botishi.

Albert Eynshteyn hindular orasida, 1922 yil.

Bolalar uchun gazniqob, Ikkinchi Jahon urushi yillari.

Oltin qidiruvchilar Douson-sitiga yo‘l oldi, 1898 yil.

“Titanik” qurbonlari janozasi, 1912 yil.

“To‘qqizinchi darvoza” filmi s'yomkasi: Roman Polanski va Jonni Depp.

Jina Lollobrijida va Yuriy Gagarin, Moskva, 1961 yil

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv, 1929 yil.

Tarixdagi eng kichik do‘kon. Maydoni – 1 kv. m. London.

Hindu qizi, 1926 yil.

Garri Gudinining afsonaviy “zanjirlardan ozod bo‘lish” tryuki, 1899 yil.

Santa Klauslarga grim o‘rgatilmoqda, 1961 yil.

Muammar Kaddafi, 1973 yil.

Pochta yetkazuvchi mashina, Xabarovsk, 1983 yil.

Per Labri velosipedda Eyfel minorasi ustida kezib yuribdi, 1923 yil.

Time jurnali Maykl Jyekson 2000 yilda shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi deb taxmin qilgan edi, 1985 yil.

Gitler Birinchi Jahon urushining boshlanishi haqidagi xabarni eshitayotgan olomon ichida, Myunxen 1914 yil

Jon Lennon Abbey Road studiyasida, 1963 yil.

Bob Dilan Jon Lennon bilan tanishyapti, 1965 yil

Shifokorlar qora chechak epidemiyasi chog‘ida himoya kostyumlarida, Polsha, 1963 yil iyuli.

Suv osti kemasi ekipajining instruktorlar uchun maxsus lyukka ega 4.5 m chuqurlikdagi hovuzdagi mashqlari, Portsmut, 1939 yil.

Manba: Xabardor.uz