Jamiyat | 18:43 / 07.01.2016
5220
1 daqiqa o‘qiladi

Denovda navbatdagi noqonuniy yog‘ sexi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti noqonuniy sexlarda yog‘ va alkogol mahsulotlarining ishlab chiqarilishiga qarshi faoliyatini davom ettirmoqda, deb yozadi “Huquq” nashri.

Jumladan, departamentning Surxondaryo viloyati Denov tumani bo‘limi aka-uka Bashir va Toshtemir Nafasovlar xonadonida noqonuniy yog‘ ishlab chiqaruvchi sex tashkil etilganligini aniqladi. Jinoyat joyidan 140 kg yog‘ mahsuloti topildi.

Qonunbuzarlar tegishli tartibda javobgarlikka tortildi.