Jamiyat | 16:46 / 07.01.2016
9818
2 daqiqa o‘qiladi

Yulduz Usmonovaning mart oyida “Istiqlol” san'at saroyida konsert berishi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi

6 yanvar kuni “Instagramm” ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova 1-20 mart kunlari “Istiqlol” san'at saroyida konsert berishi haqidagi yolg‘on ma'lumot tarqaldi.

Shu munosabat bilan xonandaning prodyuseri kun.uz bilan bog‘lanib, bu xabarlarda asos yo‘qligi haqida aytgan va bu ma'lumot saytda e'lon qilinishini so‘ragan. U bu borada yangilik bo‘lsa, albatta rasmiy xabar berilishini ta'kidlagan.

Shuningdek, Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali mazkur ma'lumotning yolg‘onligi ma'lum qilinib, muxlislarni aldanib qolmaslikka chaqirildi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan e'lon matni o‘zbek va rus tillarida bitilgan ikkita konsert banneridan ko‘rish mumkinki, ular o‘ta didsizlik va qator xatolar bilan tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 22 dekabr kuni Toshkentdagi “Navro‘z” restoranida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yangi musiqiy albomi taqdimotini o‘tkazgan edi. Bu uning 30 yillik ijodiy faoliyatidagi 60-musiqiy albomi taqdimoti bo‘ldi.