Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Moskvaga qatnaydigan reyslar uchun maxsus pasaytirilgan tariflar muddatini uzaytiradi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘zbekiston shaharlaridan Moskvaga amalga oshiriladigan qatnovlarga maxsus pasaytirilgan tariflar muddati 29 fevralgacha uzaytirilganini ma'lum qildi.
Kompaniya axborot xizmatining ma'lum qilishicha, pasaytirilgan tariflar bo‘yicha aviachiptalarni sotish muddati 29 fevralgacha uzaytirilgan. Maxsus tarif muddati 2016 yilning 20 mayga qadar belgilangan.
Tariflar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlaridan Moskvaga yo‘l olganlar uchun amal qiladi.
Termiz—Moskva yo‘nalishida bir tomonga minimal tarif – 118 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 246 yevroga teng.
Boshqa shaharlarda bir tomonga minimal tarif – 109 yevro, borish-qaytish yo‘nalishida minimal tarif – 224 yevro.
Avvalroq maxus tarif muddati 2016 yilning 20 yanvariga qadar davom etishi xabar qilingan edi.