Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sandra Bullok amerikaliklarning "Eng sevimli aktrisasi" sifatida mukofotlandi
Jonni Depp va Sandra Bullok 1975 yildan buyon topshirib kelinadigan People's Choice ("Xalq tanlovi") mukofotining bu yilgi sovrindorlari bo‘lishdi. Bu haqda mukofot saytida ma'lum qilingan.
Depp "dramatik filmlardagi eng sevimli aktyor" nominatsiyasi bo‘yicha, Bullok esa "Eng sevimli aktrisa" nominatsiyasi bo‘yicha mukofotlanishgan. Ovoz beruvchilar Chenning Tatumni "O‘tgan yilning eng yaxshi aktyori" sifatida topishgan. O‘tgan yilning eng yaxshi filmi uchun mukofot esa "Forsaj 7" filmiga berilgan. "Eng yaxshi televizion shou" sifatida "Katta portlash nazariyasi" filmi taqdirlangan.
Shuningdek, Ed Shiran "Eng sevimli musiqachi", Teylor Svift esa "Eng sevimli qo‘shiqchi" bo‘lgan.
1974 yilda bu mukofot 14 nominatsiya bo‘yicha topshirilgandi. 2013 yildan boshlab nominatsiyalar soni 40tadan oshgan.