O‘zbekiston | 20:36 / 08.01.2016
4880
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatida xizmat qilayotgan Toshkent viloyati yigitlari va yaqinlari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi

2016 yil 8 yanvar kuni Toshkent viloyati xokimligi Toshkent Davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda 14 yanvar—“Vatan himoyachilari kuni” bayramida “Mening o‘g‘lim — Vatan himoyachisi” nomli vidokonferensiya va bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyatining barcha tumanlaridan Navoiy viloyatida o‘z yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning yaqinlari, ota-onalari, opa-singillari va ularning ustozlari ishtirok etib, telemuloqot ko‘rinishida askarlar bilan diydorlashishdi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S. Fayziyeva, Toshkent Davlar agrar universiteti Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori, dotsent A. Abduvasikov, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoning shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik U. Do‘stmatov, vzvod komandirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, katta letinat O. Abdiyev va Navoiydagi 27 nafar askar qatnashdi.

Tadbir kuy-raqslar ostida, bayramona ruhda o‘tkazildi. Elimizning taniqli xonandalari bayramga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etishdi. Toshkent Davlar agrar universiteti prorektori, dotsent A. Abduvasikov harbiy askarlar bilan suhbatlashib, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi va ularga harbiy xizmatdagi imtiyozlarning oliy ta'limdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.