Jamiyat | 09:42 / 09.01.2016
4693
1 daqiqa o‘qiladi

“Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumi qachon boshlanishi e'lon qilindi

AQShning mashhur “Taxtlar o‘yini” serialining oltinchi mavsumi 2016 yilning 24 aprelidan namoyish etila boshlaydi. Bu haqda HBO telekanalining Twitter’dagi mikroblogi orqali xabar qilindi.

Mazkur mavsum teleepopeyaning yozuvchi Jorj Martinning kitoblariga asoslanmagan dastlabki mavsum bo‘ladi. Yanvar oyida yozuvchi o‘z blogida serialga asos bo‘lib xizmat qilayotgan “Muz va olov qo‘shig‘i” sagasining The Winds of Winter (Qish shamoli) deb nomlangan oltinchi qismini o‘z vaqtida tugatishga ulgurmaganini tan oldi.

Uning aytishicha, kitobni yakunlashga oylar talab qiladi. Rejaga muvofiq, kitob ustidagi ishlar 2015 yilning 31 dekabr kuni tamomlanishi lozim edi.