Jamiyat | 16:47 / 11.01.2016
2919
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Yahoo xodimlarining uchdan biridan ayrildi

O‘tgan yil asnosida Yahoo kompaniyasi xodimlarining uchdan bir qismidan ayrildi. The New York Times nashrining ma'lum qilishicha, ular kompaniya prezidenti Marissa Mayyerning siyosati tufayli ishdan bo‘shagan.

2012 yilda ushbu lavozimni egallagan Mayyer xonim yuritayotgan siyosat kompaniyaning ancha ortga ketishiga hamda ko‘plab mutaxassislarning raqobatchilarga o‘tib ketishiga olib kelmoqda. Bugungi kunga kelib kompaniyaning kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga, tadqiqotlarga ko‘ra, xodimlarning 34 foizigina ishonadi.

Kadrlar ketib qolishidan cho‘chigan direktor xodimlarga pul mukofotlarini berib borishni tayinladi, bu esa mukofot olmaydigan xodimlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Endi esa Mayyer xonim xodimlarning 10 foizini ishdan bo‘shatib, xarajatlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ko‘pgina xodimlar yangi ish joyi qidirayotganini tan olmoqda.