Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arsen Venger: Boui mening avlodimni ilhomlantirgan edi
“Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger afsonaviy rok ijrochisi Devid Bouining vafoti munosabati bilan matbuot vakillariga uning ijodi haqidagi ikki og‘iz fikr bildirdi.
“Men Boui ijodining muxlisiman, - tan oldi Venger. – Aytishim kerakki, u mening avlodimga yo‘llagan xabar-mazmun juda muhim edi”.
“Men uning so‘zlaridan quyidagi xulosalarni qildim: o‘zing bo‘lib qolish uchun kuchli bo‘lishing lozim”, - so‘zida davom etdi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Devid Boui 10 yanvar kuni 69 yoshida olamdan o‘tdi. U oxirgi 18 oy mobaynida saraton xastaligi bilan olishdi.

Devid Bouining (haqiqiy ismi Devid Robert Jons) 1969 yildagi Space Oddity qo‘shig‘i Britaniya xit-paradida birinchi beshlikdan joy olib, unga shuhrat keltirgan. 1972 yildagi The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars albomi esa uni mashhur qilgan. Faoliyati davomida, Boui 136 milliondan ziyod plastinka sotishga muvaffaq bo‘lib, uning oltita albomi Rolling Stone jurnali versiyasi bo‘yicha «500 ta eng buyuk albom» ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Yettita kompozitsiyadan iborat bo‘lgan Blackstar deb nomlangan so‘nggi albomini Boui 2016 yil 8 yanvarda, o‘zining 69-tug‘ilgan kunida taqdim etgan edi.