Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Golos» loyihasining to‘rtinchi mavsumi g‘olibiga gastrollarga chiqish taqiqlandi
Rossiyaning «Pervyy» kanali loyihasi sanalgan «Golos»ning to‘rtinchi mavsumida g‘alaba qozongan Iyeromonax Fotiyga (hayotdagi ismi sharifi Vitaliy Mochalov) konsert va festivallarda ishtirok etishi va gastrollarga chiqish taqiqlandi. Bu haqda ProGorodNN.ru nashri xabar tarqatdi.
«Hozirning o‘zidayoq unga gastrollarga chiqishni taqiqlab qo‘yishdi. Sababi u birinchi navbatda monax va ruhoniy sanaladi», — deya gapirib o‘tgan rohibning onasi Regina Mochalova.
Fotiyning «Golos»dagi ustozi qo‘shiqchi Grigoriy Lepsning qayd etishicha, u cherkovning bunday qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. «Men ularni tushunaman. Hammasi xudoning irodasi. Cherkov taqiqlash yoki ruxsat berishga to‘la-to‘kis haqli», — deydi artist.
Yanvar oyining boshida Fotiy xizmat qiladigan monastir unga Leps ishtirok etadigan tadbirda sahnaga chiqishga ruxsat bermagan va Fotiyning o‘zi buni izohlashi qiyin ekanini bildirib o‘tgandi.
Iyeromonax Fotiy “Golos” shousi g‘olibi bo‘ldi