Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonlik ota-onalar farzandlari qaysi saytlarga kirayotganini internet provayderlaridan bilib olishi mumkin bo‘ladi
Tojikiston hukumati “Ota-onalarning farzandlarini o‘qitish va tarbiyalashdagi javobgarligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish loyihasini tayyorlab, parlament muhokamasiga kiritdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.
Hukumat vakillarining ma'lum qilishicha, o‘zgartishlarga muvofiq mamlakatda ishlayotgan internet provayderlari ota-onalarga ularning bolalari qanday saytlarga kirayotgani haqida ma'lumotlarni taqdim etmishga majbur bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, mazkur o‘zgartishlar yoshlarni terrorchi va ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolishining oldini olish maqsadida qabul qilinmoqda.