Jamiyat | 14:26 / 12.01.2016
4036
2 daqiqa o‘qiladi

“Sarhisob” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

12 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida ommaviy axborot vositalari orqali diniy-ma'rifiy mavzularni yoritishda faollik ko‘rsatgan bir guruh ijodkorlarni taqdirlash bo‘yicha “Sarhisob” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Marosimda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

O‘zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islog‘otlarni keng targ‘ib etish, buyuk alloma ajdodlarimiz merosini o‘rganish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan bir guruh jurnalist va ijodkorlar rag‘batlantirildi.

Tadbirda televideniye, radio, matbuot va internet yo‘nalishida eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar mualliflari hamda sohada alohida namuna ko‘rsatgan targ‘ibotchilar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” va Toshkent islom universiteti nashriyoti tomonidan chop etilgan yangi nashrlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.