Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya qirg‘oqlarida halokatga uchragan qayiqdan tashlangan maktub topildi
Avstraliyada turistlar Potato Point plyajida (Yangi Janubiy Uels shtati) shisha ichiga solingan SOS xabarini topib olishda. Australian Broadcasting Corporation (ABC) tarqatgan xabarga ko‘ra, u yerda halokatga uchragan qayiq haqida ma'lumot berilgan.
«SOS, biz sayozlikda qolib ketdik. Ovqat bir necha kunga yetadi. Yoqilg‘i tugadi. Suv qanchaga yetishini bilmaymiz. Yordam yo‘llang. Qo‘rqinchli», — deyiladi 2 yanvar sanasi ko‘rsatilgan maktubda.
Xatda ikkita ism hamda qayiq turgan joy koordinatalari ko‘rsatilgan. Ma'lum bo‘lishicha, qayiq Montagyu orollari yaqinida halokatga uchragan. Avstraliyalik qutqaruvchilar qidiruv operatsiyalarini boshlab yuborgan. Vertolyot yordamida ular Brouli va Bermangui shaharlari o‘rtasidagi qirg‘oqni tekshirgan, ammo qidiruv hozircha natija bermagan.
Serjant Stiv Uinslouning ta'kidlashicha, barcha qidiruv resurslari tugagan, maktub esa qalbaki deb baholanmoqda, negaki, suv oqimi shishani maktub yo‘llangani ko‘rsatilgan 2 yanvardan bir-ikki kungina o‘tib qirg‘oqqa olib kelib tashlashi lozim edi.