Jamiyat | 07:59 / 12.01.2016
6464
3 daqiqa o‘qiladi

Qarag‘andalik yigit unashtirilgan qizi yoniga ketayotganida bedarak yo‘qoldi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida 2016 yilning 3 yanvar kuni unashtirilgan qizi yoniga ketayotganida bedarak yo‘qolgan 22 yoshli Aybek Mustakayevni qidirish ishlari davom etmoqda. Yo‘qolgan yigitning qarindoshlari Tengrinews.kz redaksiyasiga murojaat qilib, u avval xabar qilinganidek hech qanday jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinmayotganligini aytishgan.

“3 yanvar kuni Mustakayev Aybek tanishining mashinasida Abaydan Qarag‘andaga unashtirilgan qizining oldiga yo‘lga tushdi. Qarag‘andaga yetib kelishganida, unashtirilgan qizi umuman boshqa tumanda yashashiga qaramay, u tanishidan mashinani kutilmaganda Mixaylovka tumanidagi “Steklyashka” do‘koni oldida to‘xtatishni so‘radi. Bu voqea soat 21:30 va 21:40 orasida yuz berdi. Mashinadan tushayotib, tanishiga hozir uni olib ketishlari, u esa ketishi mumkinligini aytgan. Shundan so‘ng u bedarak ketgan. Aynan o‘sha kuni yo‘lga tushishdan oldin u tanishi Mixaildan (ism o‘zgartirilgan) 2000 tanga qarzga pul olgan, biroq Mixail uni tushunmay, politsiyaga borib, ariza yozgan. Ariza yigit yo‘qolgan kunda, yo‘qolishdan bir necha soat oldin yozilgani fakti inobatga olinsa, yigitning bu ariza to‘g‘risida boxabar bo‘lib, 2000 tanga uchun huquqni muhofaza qilish organlaridan berkinib olishi mumkin emas”. 4 yanvar kuni yigitning ota-onasi uning yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga murojaat qilishgan. Ariza yozilgan kundan beri politsiya tomonidan hech qanday chora ko‘rilmagan, hatto yigitning ota-onasiga politsiyadan hech kim qo‘ng‘iroq qilmagan. Politsiyaning harakatsizligi tufayli ota-ona Qarag‘anda prokuraturasiga shikoyat bilan murojaat qilishgan. Mixail arizani yozganining ertasiga uni qaytarib olishni xohlaganiga qaramay, ertasi kuni OAVda Aybek yo‘qolmagani, jinoyatda gumon qilinayotgani va yashirinayotgani to‘g‘risidagi ma'lumot paydo bo‘ldi. Biroq Ichki ishlar boshqarmasida Mixailga "Aybek bilan kelganingda arizangni qaytarib olasan", deyishgan.

8 yanvarda Mixail prokuraturaga boradi, undan Aybekka hech qanday da'vosi yo‘qligi to‘g‘risidagi arizani qabul qilishdi. Hozirgi vaqtda Aybek ustidan hech qanday ariza mavjud emas!” – deya xabar bergan yigitning qarindoshlari.