O‘zbekiston | 14:52 / 12.01.2016
4514
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida o‘n nafardan ziyod mahbus amnistiya aktiga muvofiq ozodlikka chiqarildi

Prezidentimizning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2015 yil 3 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan edi.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida qaror ijrosini ta'minlashga oid bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida o‘n nafardan ziyod mahbus amnistiya aktiga muvofiq ozodlikka chiqarildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qaror ijrosini ta'minlash jarayonida jazoni o‘tash joylaridan ozodlikka chiqarilganlarning ijtimoiy-maishiy ta'minoti va ularni ishga joylashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ularda yangicha hayot, mehnat sharoitiga ko‘nikma hosil qilish uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Joylardagi hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, ijtimoiy ko‘nikma markazlari tomonidan ularga ijtimoiy-maishiy, moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.