O‘zbekiston | 21:33 / 13.01.2016
7120
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov Istanbuldagi terakt munosabati bilan Turkiya va Germaniya rahbarlariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga 2016 yilning 12 yanvar kunida Istanbul shahrida insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib, maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Germaniya Federativ Respublikasining Federal kansleri Angela Merkel nomiga yo‘llangan maktubda Islom Karimov Istanbuldagi terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lgan Germaniya fuqarolarining oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Istanbul shahrining Yevropadagi qismida joylashgan Sultonahmad maydoni hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi yaralandi. Qurbon bo‘lganlarning 9 nafari Germaniya fuqarolaridir. Shuningdek, sayyohlar gavjum bu hududdagi terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.

Istanbuldagi portlash tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekiston TIV: Istanbulda yuz bergan portlashda o‘zbekistonliklar jabrlanmadi