Jamiyat | 09:59 / 13.01.2016
6035
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda mashinalarni talon-taroj qilib kelgan o‘g‘rilar guruhi fosh etildi

Yunusobodda mashinalarni talon-taroj qilib kelgan o‘g‘rilar guruhi fosh etildi, deb xabar beradi “Ogoh” nashri.

Aytilishicha, fuqaro Sur'at G‘oyipov 1996 yilda tug‘ilgan Karim Maqsudxo‘jayevni o‘ziga sherik qilib olgan. Ular tungi vaqtda mashinalarga o‘g‘irlikka tushib, ularning ichidagi qimmatli buyum va pullarni o‘g‘irlashgan.

Jinoyatlarning ko‘p qismi Oloy bozori hududida sodir etilgani qayd qilinmoqda. Yil oxirida sodir etilayotgan o‘g‘irlik chog‘ida jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 19-20 yoshli jinoyatchilar sud oldida javob beradigan bo‘lishdi.