Jamiyat | 09:56 / 14.01.2016
3445
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi neft omborxonasida yong‘in yuz berdi

AQShning Oklahoma shtatining janubi-g‘arbiy qismidagi neft saqlash omborlarida yong‘in chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Qayd etilishicha, Chikashey shahridan 10 km sharqdagi bu omborxona Continental Resources kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishgan.

Yong‘in tufayli jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Kompaniya barcha xodimlar evakuatsiya qilinganini bildirgan.

Yong‘in sabablari aniqlanmagan.

Bu yong‘in suratlari internetga joylashtirilgan. Suratlarda omborxona ustini quyuq qora tutun qoplaganini ko‘rish mumkin. Bu hodisa tufayli atrofdagi bir necha yo‘l vaqtinchalikka yopib qo‘yilgan.