Jamiyat | 20:26 / 14.01.2016
9614
2 daqiqa o‘qiladi

«Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oskar»ga nomzodlar nomi e'lon qilindi

AQSh Kinoakademiyasi «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oskar»ga nomzodlarni e'lon qildi. Marosim YouTube servisi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.

Bu ro‘yxatda Keyt Blanshett («Kerol»), Bri Larson («Komnata»), Jyennifer Lourens («Joy»), Sharlott Rempling («45 let»), Sirsha Ronan («Bruklin») kabi nomlar bor.

Biroz oldinroq, Jyennifer Lourens eng yaxshi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega chiqqandi.

Bundan tashqari, «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga nomzodlar ham ma'lum bo‘lgan: Jyennifer Jyeyson Li («Jirkanch sakkizlik»), Runi Mara («Kerol»), Reychel Makadams («Diqqat markazida»), Keyt Uinslet («Stiv Jobs»), Alisiya Vikander («Daniyadan kelgan qiz»).

Biroz oldinroq, Keyt Uinslet «Stiv Jobs» filmidagi ishtiroki orqali «Oltin globus» olgandi.

Di Kaprio oltinchi marta «Oskar» mukofoti uchun nomzodlar qatorida