Jamiyat | 09:39 / 14.01.2016
5326
1 daqiqa o‘qiladi

Lola Yo‘ldoshevaning audio-kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

13 yanvar kuni "Samarqand darvoza" savdo majmuasida "Nihol" mukofoti sovrindori Lola Yo‘ldoshevaning audio-kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"12 mesyatsev" (12 oy) deb nomlangan majmuadan bolalar uchun o‘zbek hamda rus tilidagi ertaklar o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha UNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan.

Taqdimot so‘ngida yig‘ilganlar uchun ijodkor tomonidan dastxat-sesssiya bo‘lib o‘tdi

Mirjahon Yusupov, O‘zDJTU talabasi