Sport | 19:38 / 14.01.2016
3306
1 daqiqa o‘qiladi

Luchano Spalletti "Roma"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlandi

Rimning "Roma" jamoasi saytida Luchano Spalletti jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylangani haqida rasman ma'lum qilindi.

Hozircha u bilan qancha muddatga shartnoma imzolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Bir kun oldin "bo‘rilar" jamoasi Rudi Garsiyani qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqargandi.

Luchano Spalletti "Roma"ning Italiya A seriyasining navbatdagi turida "Verona"ga qarshi o‘tkaziladigan bahsga futbolchilarni bosh murabbiy sifatida boshlab borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Spalletti 2005 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan muddatda "Roma"ni boshqargandi.

Ayni vaqtda "Roma" 19 turdan keyin 34 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining beshinchi o‘rnida joylashgan.