Sport | 12:48 / 14.01.2016
4188
1 daqiqa o‘qiladi

Messi: Qachondir Argentina futboliga qaytishni istayman

Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi, besh karra «Oltin to‘p» sovrindori Lionel Messi o‘zining Argentinaga qaytish borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men har doim uyga qaytish istagim bor ekanini aytib kelganman. Bu mening hayotim davomidagi orzuim. Biroq men Yevropaga juda erta ketishga majbur bo‘ldim, shu boisdan bu hozircha orzuligicha qolib ketmoqda. O‘shanda «Barselona»ga o‘tishim va shu klubda o‘z kareramni yaratishim shart edi.

Ammo baribir, qachondir Argentina futboliga qaytishga harakat qilaman. Kelgusida nima bo‘lishi faqat Yaratganga ayon», – deya gapirib o‘tgan Messi.