O‘zbekiston | 09:14 / 14.01.2016
5360
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YEMA GROUP kompaniyasining King Long turistik shaharlararo avtobusining taqdimoti o‘tkazildi

13 yanvar kuni Toshkentda YEMA GROUP kompaniyasi tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot ishtirokchilari King Long avtobuslarining model qatori, shuningdek, kompaniya faoliyatining o‘ziga xosliklari bilan tanishtirildi.

King Long rusumli avtobuslar Xitoyda Xiamen King Long United Automotive Industry Company Ltd. zavodida 1988 yildan buyon ishlab chiqarilib, jahon bozorida unga bo‘lgan talab kattadir. King Long zavodining O‘zbekistondagi rasmiy dileri Yema Group International kompaniyasidir. Avtobuslar sotishdan tashqari, kompaniya ehtiyot qismlari yetkazib beradi, texnik va kafolatli xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. O‘zbekiston bozorida Yema Group o‘n yildan ortiq vaqt davomida ishlamoqda, kompaniya xodimlari Xitoydagi zavodda maxsus tahsil olgan bo‘lib, bu har qanday masalalarni professional va to‘g‘ri hal qilish, mijozlarning so‘rovlariga tezkor javob berishga xizmat qiladi. Ishonch telefoni orqali maslahat kun davomida beriladi, texnikaga xizmat ko‘rsatish va uni ta'mirlash esa O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshiriladi.

Yema Group International Xitoydagi ellikdan ortiq zavodning rasmiy dileri bo‘lib, yo‘l-qurilish texnikasining katta tanloviga sohibdir. Yema Group International’ning asosiy vazifasi mijozlar bilan tez va sifatli ishlashdir. Jamoda tovarlarni yetkazib berish va to‘lovni amalga oshirishning qulay tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, taklif qilinayotgan maxsus texnikaning katta assortimenti va sifati buyurtmachining talablarining optimal darajada qondirish imkoniyatini beradi.

Taqdimotda kompaniya personali qanday ishlashi, mijozlar va potensial buyurtmachilar bilan hamkorlik munosabatlari qanday prinsiplarga asoslanganligi haqida batafsil gapirib berildi. Tadbirda asosiy urg‘u King Long rusumining ustunliklariga berildi. Kompaniya roligi namoyish qilinganidan so‘ng King Long zavodi vakili chiqish qilib, brend haqida batafsil gapirib berdi. Taqdimot doirasida birinchi xaridorga King Long shaharlararo avtobusining ramziy kalitini topshirish marosimi o‘tkazildi.
Taklif qilingan mehmonlar orasida tadbirkorlar palatasi, turistik kompaniyalar, hokimiyat vakillari, shuningdek, potensial mijozlar bor edi.
Taqdimot o‘tkazilgan joy: Toshkent shahri, Yangi Sirg‘ali ko‘chasi, 36. YEMA GROUP kompaniyasi ofisi.