Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fox telekanali "Qamoqdan qochish" filmining yangi mavsumi suratga olinishi haqida ma'lum qildi
"Qamoqdan qochish" serialining beshinchi mavsumini suratga olish ishlari boshlanadi. Ijodkorla 2009 yilda bu film ustidagi ishlarni to‘xtatishgandi. Lekin filmga bo‘lgan katta qiziqish va talab saqlab qolingani Fox kinostudiyasini filmning yangi mavsumini suratga olish ishlarini boshlashga undamoqda.
Just Announced: @PrisonBreak returns as ultimate escapist event series. More here: https://t.co/aICfffBf3z #FOXTCA https://t.co/xvJ8TRCXF9
— FOX (@FOXTV) 15 yanvarya 2016
"Qamoqdan qochish" filmining yangi mavsumi 9 qismdan iborat bo‘lishi va bir necha davlatlar hududi bo‘ylab suratga olinishi mo‘ljallangan. Avvalgi qismlarda asosiy qahramonlardan birining o‘limi yuz berganiga qaramasdan, uni hayotga qaytarish va'da qilingan.
Xabarda aytilishicha, bosh rol ijrochilari ham, ssenariy muallifi hamda loyihaning boshqa ijodkorlari ham filmning avvalgi mavsumlarida ishlagan shaxslar bo‘lishadi.
Bundan tashqari, Fox studiyasi "24 soat" serialining navbatdagi qismlarini namoyish etishni va'da qilgan.