Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leonardo Di Kaprio kinoda Putinni jonlantirishga ishtiyoqmandligi haqida aytdi
Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Germaniyadagi Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rolini o‘ynashga tayyorligini ma'lum qilgan.
"Putinni kinoda jonlantirish judayam, judayam, judayam qiziq bo‘lardi. Men uning rolini o‘ynashga bajonidil rozi bo‘laman", deydi aktyor.
U bir necha yil muqaddam Putin bilan Sankt-Peterburgda Sibir yo‘lbarslari muhofazasi bo‘yicha forum doirasida uchrashganini eslab o‘tgan.
"Mening ekologiya muhofazasi bo‘yicha jamg‘armam bu jonivorlarni saqlab qolish uchun moliyaviya ko‘mak ko‘rsatgan. O‘shanda Putin bilan faqat tabiatni muhofaza qilish mavzusida gaplashganmiz, suhbatga siyosatni aralashtirmaganmiz", deydi aktyor.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tarixi jozibali hisoblanadi.
"Leninni ham jon deb o‘ynagan bo‘lardim. Xuddi shu kabi ishtiyoq bilan Rasputinni ham. Men Rossiya tarixi kino sohasi uchun o‘ta ko‘p narsa bera oladi, deb hisoblayman", deya fikr bildirgan Leonardo di Kaprio.
G‘arb OAVida Di Kaprioning rossiyalik qiyofadoshi haqida yozishmoqda