Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama o‘zida "Yulduzlar jangi" filmlari qahramonlaridan qaysi biri chuqur taassurot qoldirgani haqida aytdi
AQSh prezidenti Barak Obama "Yulduzlar jangi" (Star Wars) filmining so‘nggi, yettinchi qismini hali tomosha qilmaganini, lekin yoshligida bu filmning ilk qismlari o‘zida katta taassurot qoldirgani haqida aytib o‘tdi. Uning bu fikrlari Youtube asoschisi bilan suhbatida aytilgan.
U filmning yettinchi qismi bo‘lmish "Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi" (The Force Awakens) voqealari bilan hali tanishishga ulgurmaganini aytgan. Lekin u bu filmlarning birinchi qismi o‘zida iliq xotiralar qoldirganini eslagan.
AQShning 44-prezidenti bu film qahramonlaridan qaysi biri o‘ziga eng ko‘p darajada ma'qul kelgani haqidagi savolga "Xan Solo" deya javob bergan. U Xarrison Ford ijrosidagi bu kosmik uchuvchida "isyonkor ruh"ni ko‘rganini eslagan.
