Jamiyat | 13:19 / 18.01.2016
4577
1 daqiqa o‘qiladi

Milosh Zeman: musulmonlarni Yevropaga integratsiya qilib bo‘lmaydi

Musulmonlarni Yevropa jamiyatiga integratsiya qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Chexiya prezidenti Milosh Zeman bayonot berdi.

“G‘arbiy Yevropa davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, musulmonlarni deyarli integratsiya qilib bo‘lmaydi. Ularning davlatlarida o‘z madaniyati bor, lekin uni Yevropada qabul qilmaslik kerak, aks holda hammasi Kyolndagi kabi tugaydi”, - dedi u Interfaks agentligiga bergan intervyusida.