Sport | 23:36 / 18.01.2016
4006
1 daqiqa o‘qiladi

«Suonsi Siti» yangi bosh murabbiyning nomini e'lon qildi

«Udineze» klubining sobiq bosh murabbiyi Franchesko Gvidolin «Suonsi Siti» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

«Mutaxassis jamoa qarorgohiga yetib keldi», deya xabar tarqatdi «oqqushlar» rasmiy sayti.

60 yoshli mutaxassis 2014 yilning may oyida «Udineze»ni tark etgandi. Undan avval esa u «Palermo», «Parma» va Fransiyaning «Monako» jamoalarida ishlagan.

Hozirda «Suonsi» APLning 21ta o‘yinidan keyin 19 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish