Jamiyat | 19:48 / 18.01.2016
6570
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik ayol o‘z erini yollanma qotil orqali o‘ldirtirgani gumon qilinmoqda

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari 17 yanvar kuni 28 yoshli ayol va uning 47 yoshli hamqishlog‘ini hibsga oldi.

Tojikiston IIV ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar davomida hibsga olingan ayol 2015 yilning avgustida o‘z erini yollanma qotil orqali o‘ldirtirgani taxmin qilinmoqda.

Shubha ostidagi shaxs o‘z qurbonini suv quvuri nasosini ta'mirlash bahonasida 4 metr chuqurlikka tushirib, so‘ng uning ustidan tosh bilan ko‘mib yuborgan. Keyinroq jasadni chiqarib olib, ovloq joyda yoqib yuborgan.

O‘ldirilgan shaxsning qoldiqlari shubhalanuvchilar qo‘lga olinganidan keyin topilgan.