Jamiyat | 09:48 / 18.01.2016
2907
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yo‘lovchi avtobusidagi yong‘in oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi

5 yanvar kuni Xitoyning Ninsya-Xueyskiy avtonom tumanining ma'muriy markazi Inchuan shahrida yuz bergan avtobus yong‘ini tufayli halok bo‘lganlar soni 18 nafarga yetdi.

Dastlabki kungi xabarlarda qurbonlar soni 14 nafarni tashkil etayotgani aytilgandi.

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, shifoxonada yana 32 kishi turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan qolmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 5 yanvar kungi yong‘in uchun javobgar sifatida Ma Yunpin hibsga olingan. U transport boshqarmasi kelishuv shartlari bajarilmagani va pulini ololmagani uchun boshqarmaga tegishli avtobusni yoqib yuborgani shubha ostiga olingan.