Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT ekspertlari AQShda irqchilikka qarshi kurash qanday olib borilayotgani o‘rganib chiqadi
BMT ekspertlari guruhi AQShga 11 kunlik tashrifi davomida ushbu mamlakatda irqchilikka qarshi kurash qay tarzda olib borilayotganini hamda afroamerikaliklar haq-huquqlarining himoya qilinishini monitoring qiladi. Tashkilot tarqatgan xabarnomaga ko‘ra, safar yakunlariga ko‘ra uch kishidan iborat komissiya hisobot tayyorlab, uni sentabr oyida Jyenevada BMT inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim etadi.
Huquq himoyachilari delegatsiyasi Vashington, Jekson (Missisipi shtati), Chikago va Nyu-Yorkda bo‘lib, federal, mahalliy hokimiyat hamda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 29 yanvarda, safarining oxirgi kunida ular Vashingtondagi BMT axborot markazida matbuot anjumani o‘tkazadi.