Sport | 15:10 / 19.01.2016
3016
1 daqiqa o‘qiladi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi turkiyalik futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzadi

«Maynts» jamoasi yarim himoyachisi Yunus Malli Dortmundning «Borussiya» jamoasi safiga o‘tish arafasida turibdi.

Bild nashrining xabar berishicha, «Borussiya» turkiyalik ushbu yosh futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzish borasida og‘zaki kelishuvga erishgan.

Dortmundliklar Malliga 13 mln yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Ayni vaqtda bu transferga «Maynts» jamoasi roziligini kutishmoqda. Jamoa uni qo‘yib yuborishdan avval uning o‘rniga qaysi futbolchini olib kelishni aniqlab olishi kerak bo‘ladi.

«Hozircha biz «Borussiya» bilan hech qanaqa kelishuvga erishmadik. Hali aniq gap aytilmagan», deydi jamoa sport direktori Kristian Xaydel.

«Borussiya» sport direktori Mixael Tsork esa bu xabarga munosabat bildirmagan.