O‘zbekiston | 19:48 / 19.01.2016
6928
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchi, montyor va YPX xodimlari Toshkent ko‘chasidagi nosozlikni ko‘ngilli tarzda bartaraf etishdi

18 yanvar kuni “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchisi tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumani hududidan o‘tgan Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasining Botkin qabristoni yaqinidagi hududida yo‘lning o‘rtasida yuzaga chiqib turgan temir quvur parchalari haqida post qoldirgan edi.

Oradan bir kun o‘tmay turib, haydovchilari tashabbusi bilan ushbu temirlar olib tashlandi.

“Bu ishni amalga oshirishimizda bizga yaqindan yordam bergan 5-YPX divizioni xodimlari, "Toshshaharnur" korxonasi ishchilariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz, - dedi Abduvohid Atametov bir guruh haydovchilar nomidan. - Ularning ko‘ngilli tarzda ushbu ishga hissa qo‘shishlari bizning harakatlarimiz ijobiy yakunlanishiga sabab bo‘ldi”.