Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nacho Monreal «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirdi
«Arsenal»ning ispaniyalik himoyachisi Nacho Monreal londonliklar bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bugun u jamoa bilan yangi shartnomaga imzo chekkan. Jamoa rasmiy saytida shartnoma muddati aniq ko‘rsatilmagan.
Bundan oldinroq, Monreal «kanonirlar» bilan yangi, 2019 yilning yoziga qadar davom etadigan yangi shartnoma tuzishi haqida xabarlar berilgandi.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli ushbu chap qanot himoyachisi 2013 yilda Ispaniyaning «Malaga» jamoasidan «Arsenal» safiga kelib qo‘shilgandi.
Joriy mavsumda u Angliya chempionatidagi barcha 22 o‘yinda ishtirok etdi va 2ta golli pas muallifi bo‘ldi.