Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:50 / 19.01.2016
3639
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbek olimlari fosforli kationit olish usulini ixtiro qilishdi
Toshkent kimyo-texnologiya instituti olimlari fosforli kationit olish usulini ixtiro qildilar. Bu haqda Intelektual mulk agentligi xabar bergan.
Mazkur usul kimyo sanoatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi mexanik pishiqligi, issiqlik-kimyoviy turg‘unligi va reaksiyaga bardoshliligi yuqori bo‘lgan tuzilishi barqaror monofunksional fosforli kationit yaratishdan iborat.
Hammualliflar - L.S.Raximova, N.M.Abdutalipova, T.T.Tursunov va R.A.Nazirovaga ushbu usul uchun № IAP 05133 raqamli patent berilgan.