Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:53 / 19.01.2016
5138
1 daqiqa o‘qiladi
Sergeli tumanida tanishining mashinasidan ko‘p miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketgan ayol qo‘lga olindi
Sergeli tuman IIBga shu tumanda yashovchi ayolga tegishli "Kobalt" rusumli avtomashinasi salonidagi sumkasidan ko‘p miqdordagi pullari o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.
Jabrlanuvchi o‘z arizasida o‘g‘irlikni tanishi 39 yoshli ayol sodir etganligini ma'lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari olib borildi. Natijada ushbu jinoyatni sodir etgan 39 yoshli ayol qo‘lga olindi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.