Sport | 09:21 / 19.01.2016
2949
1 daqiqa o‘qiladi

Vidich «Inter»ni rasman tark etdi

Serbiyalik himoyachi Nemanya Vidich «Inter» bilan o‘zaro shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Uning ketishi ikki tomonning roziligi asosida ro‘y bergan. Bundan oldin futbolchiga «Spartak» va «Milan» jamoalaridan qiziqish mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

2014 yilning yozida «Manchester Yunayted» safidan Italiyaga kelgan futbolchi o‘tgan mavsumda A seriyaning 23ta o‘yinida ishtirok etib, bitta gol urgandi. Joriy mavsumda esa u biron marta ham maydonga tushirilmadi.