Sport | 17:16 / 19.01.2016
4043
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» qishki transferlardagi ilk xaridi haqida e'lon qildi

«Jyenoa» jamoasi yarim himoyachisi Rolando Mandragor «Yuventus» a'zosiga aylandi.

18 yoshli xavbek turinliklar jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Mavsumning qolgan qismini bu futbolchi ijara asosida «Peskara» jamoasida o‘tkazadi.

Turinliklar jamoasi rahbariyati bu futbolchi uchun 6 mln yevro to‘lagan. Shartnomada futbolchi yangi jamoada o‘zini a'lo darajada ko‘rsatishi hamda yutuqlarga erishishi evaziga yana qo‘shimcha 6 mln yevro bonus sifatida berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.