Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atirovda cho‘kayotgan ayolni qutqargan ikki o‘smir ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi
Qozog‘istonning Atirov viloyatida cho‘kayotgan ayolni qutqargan ikki bola “Favqulodda vaziyatda namoyish etilgan qahramonlik uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. Bu haqda “Oq Yoyiq” nashri xabar bermoqda.
O‘tgan yilning iyulida Qurmong‘ozi tumanining Enbekchi qishlog‘idagi Surxon daryosida 12 yoshli Yermaxan Nasixon va 13 yoshli Beybars Xayrullao‘g‘li cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolishgan edi.
Ayol uzoq yo‘lni qisqartirish maqsadida daryodan suzib o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo daryoning yarmida o‘zini boshqara olmay qolib, cho‘ka boshlagan.Yaqin atrofda cho‘milayotgan ikki o‘smir uning chinqiriqlarini eshitib, yordamga oshiqqan. Ular ikkovlon ayolni qirg‘oqqa olib chiqqan.
18 yanvar kuni viloyat maslahati sessiyasida hokim Baqitxo‘ja Izmuhambetov qahramon yigitchalarga Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining mukofotlarini topshirdi.