Sport | 20:12 / 20.01.2016
3329
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» Patoning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi

Braziliyaning «Korintians» jamoasi a'zosi bo‘lgan Aleshandre Pato yaqin vaqt ichida Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tadi.

Jamoa rahbariyati va futbolchi o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishilgani aytilmoqda.

ESPN Brasil nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu kelishuv faqat favqulodda holat ro‘y bergan taqdirdagina amalga oshmay qolishi mumkin.

Muzokaralarning sust kechayotganiga futbolchining agenti boshqa bir mijozi, braziliyalik hujumchi Luis Adrianoni «Milan»dan Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasiga transfer qilish bilan band bo‘lgani sabab hisoblanadi.

Pato uchun «Chelsi» 8-10 mln yevro atrofidagi mablag‘ to‘lashi aytilgan.