Jamiyat | 12:23 / 20.01.2016
4802
1 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon: iyuldan tojikistonliklarning minimal oylik ish haqi 53 dollarni tashkil qiladi

Tojikiston hukumati o‘z va'dasini bajaradi va shu yilning iyul oyidan boshlab maorif, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohasidagi oylik ish haqini hamda stipendiyalarni 15-30 foizga oshiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon parlament oldida o‘qib eshittirgan yillik murojaatida aytib o‘tdi.

“Minimal oylik ish haqining hajmi 60 foizga o‘sib, 400 somoniyga tenglashadi (53 dollar)”, - dedi u. Davlat rahbarining ta'kidlashicha, hukumatning maosh va stipendiyalarni oshirish haqidagi va'dalari jahon moliyaviy inqirozi va boshqa sabablarga ko‘ra bajarilmay qolgan edi.