Jamiyat | 14:40 / 20.01.2016
6115
2 daqiqa o‘qiladi

Emomali Rahmon Tojikistonga CASA-1000 nima uchun kerakligini tushuntirib berdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga yillik murojaati chog‘ida Tojikistonga CASA-1000 nima uchun kerakligini tushuntirib berdi, deb xabar qiladi News.tj sayti.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, 2016 yilda Tojikistonda 300 MVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari ekspluatatsiyaga topshirilgan. Ammo, shu bilan birga, yangi sanoat obektlari ishga tushiriladiki, ularning ishi uchun 350 MVt quvvat talab qilinadi.

“Ya'ni, yangi elektr energiyasi ishlab chiqarishining hajmi hatto yangi sanoat korxonalariga ham kamlik qiladi. Lekin biz bunga muhtojmiz. Biz yangi ish o‘rinlari yaratishimiz, sanoat ishlab chiqarishi hajmini oshirishimiz va eksportni o‘stirishimiz lozim”, - ta'kidladi davlat rahbari.

Rahmon mamlakatning ulkan gidroenergetik salohiyati borligini esga olib, undan to‘g‘ri foydalanish iqtisodiy o‘sishga xizmat qilishi mumkinligini aytdi. U 2016 yilda Tojikistonda CASA-1000 elektr uzatish liniyasi qurilishini eslatib o‘tdi. Tojikiston va Qirg‘iziston elektr quvvatini Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindistonga yetkazishga mo‘ljallangan bu loyihaning Tojikiston uchastkasi (252 km) uchun 2.2 mlrd somoniy ajratiladi.