Sport | 17:43 / 21.01.2016
2751
1 daqiqa o‘qiladi

Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani gumon qilinayotgan Lleyton Xyuitt tennischilik faoliyatini yakunladi

Jahonning sobiq birinchi raketkasi, avstraliyalik Lleyton Xyuitt tennisdagi faoliyatini yakunladi. Tennischining so‘nggi uchrashuvi Australian Open musobaqasining ikkinchi davrasida ispaniyalik David Ferrerga qarshi uchrashuv bo‘lib qoldi. Bu haqda 21 yanvar kuni turnir saytida xabar qilindi.

Melburnda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xyuitt uch setga natijasiga ko‘ra (2:6, 4:6, 4:6) mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Xyuitt kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishda gumon qilingandi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani gumon qilinmoqda

Britaniyalik tennischilar boshqa sportchilar haqidagi ma'lumotlarni bukmekerlik idoralariga pullashgan

Chililik tennischi doimiy ravishda o‘yinlarni sotish bilan shug‘ullanganini tan oldi