Sport | 14:36 / 21.01.2016
6020
1 daqiqa o‘qiladi

"Paxtakor"ni yana bir futbolchi tark etdi

"Paxtakor" jamoasi hujumchisi Bahodir Pardayev "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda buxoroliklar bosh murabbiyi Jamshid Saidov ma'lumot bergan.

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Buxoro" klubi 22 yanvar kuni Toshkentda yig‘iladi.

O‘tgan mavsumni "Paxtakor"da o‘tkazgan hujumchi Bahodir Pardayev jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelayotgandi.

2015 yilgi mavsumda ushbu hujumchi 23ta o‘yinda maydonga tushib 4ta gol urgandi.

Bundan oldinroq, "Paxtakor"ning ikki a'zosi faoliyatini xorijda davom ettirishi haqida xabar berilgandi.