Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pellegrini "Zenit"ga kelishi mumkin
"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi, chililik tajribali mutaxassis Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga taklif etilishi mumkin.
Lifenews78 nashrida yozilishicha, mavsum yakunida Rossiyani tark etishi haqida ma'lum qilgan murabbiy Andre Villash-Boash o‘rniga piterliklar rahbariyati 67 yoshli chililik mutaxassisni olib kelishmoqchi.
Qayd etish kerakki, "Manchester Siti" ushbu murabbiy bilan 2019 yilgacha shartnomasi bo‘lsada, yozda uning o‘rniga "Bavariya"da Xosep Gvardiolani olib kelishni rejalashtirgan.
Bundan oldinroq, Pellegrinining xizmatiga "Chelsi" va "PSJ" jamoalari tomonidan qiziqish mavjudligi haqida xabar berilgandi.
U shuningdek, Chili terma jamoasini boshqarish bo‘yicha taklif olgan, lekin bu taklifni rad etgan.
Ma'lumot uchun, Pellegrini ingliz va ispan tillarini mukammal biladi va bu piterliklarning qiziqishini oshirmoqda.