Jamiyat | 17:21 / 21.01.2016
3577
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish qo‘mitasi Dushanbeda qurilayotgan binolar zilzilalarga bardosh berishini ta'kidlab o‘tdi

Tojikiston hukumati qoshidagi qurilish va arxitektura qo‘mitasi Dushanbeda qurilayotgan ko‘p qavatli binolar zilzilalarga dosh bera olishlarini komil ishonch bilan ta'kidladilar.

“Poytaxt hududida uy-joy qurishda barcha talablarga rioya qilinmoqda, biz bu obektlar, shu jumladan, zilzilalar chog‘ida ham mutlaqo xavfsiz bo‘lishini kafolatlaymiz”, - deb ta'kidladi qo‘mita raisi o‘rinbosari Nizom Mirzozoda payshanba kuni Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u yaqinda Dushanbe hududida va atrofida sodir bo‘lgan silkinishlar binolarning sifatli qurilganini yana bir bor tasdiqlaganini eslatib o‘tdi.